Oʻzbekiston delegatsiyasi Vashingtondagi xalqaro forumda

Oʻzbekiston delegatsiyasi Vashingtondagi xalqaro forumda

Joriy yilning 9-12 aprel kunlari AQSHning Vashington shtatida “Inson kapitali” xalqaro forumi tashkil etildi. Mazkur forumda Jahon bankining bosh ijrochi direktori Kristalina Georgiyeva,inson kapitalini rivojlantirish boʻyicha vitse-prezident Annett Dikson, dunyoning 50 ga yaqin mamlakati vakillari, shuningdek Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari, Xalq taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari A.Umarov, Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U.Toshkenboyev qatnashmoqda.

“Inson kapitali” Jahon bankining global tashabbusi boʻlib, mazkur loyiha davlatlarning barqaror iqtisodiy oʻsishi uchun muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Forumda taʼlim sifatini yaxshilash mexanizmlari, sogʻliqni saqlash, bandlik va moliya sohasidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari hamda aholi daromadlari mahsuldorligini oshirish kabi masalalar muhokama etildi. Shuningdek, asosiy eʼtibor taʼlim va sogʻliqni saqlash sohalarini rivojlantirishga qaratildi. Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston delegatsiyasi Jahon banki va Xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashi vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etadi.

Xalq taʼlimi vazirligi
Axborot xizmati

«Farzandlar taqdiri – mening taqdirim»

«Farzandlar taqdiri – mening taqdirim»

Farg’ona viloyati Toshloq tuman 51-o’rta ta’lim maktabida, Toshloq yengil sanoat va servis kasb-hunar kolleji bilan xamkorlikda Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-mart kuni o’tkazilgan videosellektor yig’ilishida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida ilgari surilgan 5ta tashabbus ijrosi hamda tuman XTB mudiri tomonidan «Farzandlar taqdiri – mening taqdirim» shiori ostida e’lon qilingan ma’naviyat xaftaligini yuqori saviyada tashkillash maqsadida Abdulla Qodiriy tavalludining 125 yilligi munosabati bilan «Abdulla Qodiriy merosi yoshlar e’zozida» mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbirga tuman xokimi o’rinbosari Sh.Isaboyev tashrif buyurdi va tadbir tashkilotchi hamda ishtirokchilariga sovg’alar taqdim etdi.

Continue Reading